Endi pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ball berilishi mumkin

Endi pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ball berilishi mumkin

Hukumatning 2025-yil 21-oktyabrdagi ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar to‘g‘risida’’gi 662-son qarori qabul qilindi.

 

 

Unga ko’ra, pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ballar beriladi. Jumladan,

 

 

– mutaxassis malaka toifasi uchun – 0 ball;

 

– ikkinchi malaka toifasi uchun – 5 ball;

 

– birinchi malaka toifasi uchun – 10 ball;

 

– oliy malaka toifasi uchun- 20 ball beriladi.

 

Endi pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ball berilishi mumkin