2025-yil 23-oktyabr kuni “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan (roʻyxat raqami: 3693-son) oʻtkazildi.
Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ota-onalar toʻlovining bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar toʻlovini qoplash uchun oilaviy MTTga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.
Kompensatsiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi.
