Ota-onalar farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashmoqda? So‘rovnoma

Ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotgani va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazildi.

 

So‘rovda o‘rtacha yoshi 43 ga teng bo’lgan 3602 nafar ota-ona ishtirok etgan bo‘lib, ularning 75 foizini ayollar, 25 foizini erkaklar tashkil etadi.

 

So‘rov natijasiga ko‘ra ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida o‘zaro suhbatlashib turishi, 13,9 foizining fikrlari bir xil emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek ularning asosiy qismi farzandining bo‘lajak kasbi va qiziqishlari haqida suhbatlashib turishini aytgan bo‘lsa, ayrim ota-onalar (2,2 foizi) esa farzandlari bilan bu haqida umuman gaplashmasligini bildirgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, so‘rovda qatnashganlarning 40 foizi oliy, 37 foizi o‘rta maxsus va 23 foizi o‘rta ma’lumotga ega. Shuningdek, 26 foizini uy  bekasi, ishsiz, nogiron va nafaqadagi kishilar tashkil etdi. Respondentlarning 66,7 foizi qiz farzandning, 33,3 foizi esa o‘g‘il farzandning ota onasi.

 

Qizlar, asosan, shifokor (24,3 foiz), o‘qituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) bo‘lishni rejalashtirmoqda.

O‘g‘il bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) bo‘lish istagini bildirgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ota-onalarning bor-yo‘g‘i 56,0 foizi farzandining ta’lim olishdagi yutuqlarini to‘liq qoniqarli, 12,6 foizi esa qoniqarli emas, deb baholaydi. Tadqiqot davomida o’quvchilarning 75 foizi qo‘shimcha darslarga borishi aniqlandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры