Olmazor tumani 326-maktabda yong‘in yuz berganligi aytilmoqda

Olmazor tumani 326-maktabda yong‘in yuz berganligi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda hozir Olmazor tumani 326-maktabda yong‘in yuz bergani haqidagi videolar tarqaldi.

 

 

Holat yuzasidan FVB munosabat bildirdi.

 

 

Unga ko‘ra, 20-oktyabr kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Olmazor tumani Qora Qamish ko‘chasi 3-uy oldida ochiq maydonda quruq o‘t va shox shabba yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan.

 

 

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:51 da o‘chirilgan.

 

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

 

 

Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-maktab hududida ham yong‘in bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.