Toifa testlari boshlanishiga bir kun qoldi

Toifa testlari boshlanishiga bir kun qoldi

Malaka sinovlari avval e’lon qilingan manzillarda real vaqt rejimida barcha o‘quv fanlari bo‘yicha test (shu jumladan, jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fan o‘qituvchilari attestatsiyasining birinchi bosqichi va chet tili fanlaridan ham) shaklida o‘tkaziladi.

 

 

Birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirig‘i beriladi.

 

 

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

 

 

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

 

 

Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi (umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno).

 

 

Boshlang‘ich ta’lim, Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga 120 daqiqa, qolgan fan yoki (lavozim)larga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilmoqda.

 

 

Eslatib o‘tamiz, 21-oktyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining Rus tili (milliy), Rus tili va adabiyoti (rus), Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti hamda Turkman tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.