Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi.
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
-birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
-ikkinchi bosqichda esa Madaniyat vazirligi tomonidan amaliy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining amaliy (ijodiy) imtihon sinovlarini BAHOLASH MEZONLARI
| T/r | Ijodiy topshiriq nomi | Har bir topshiriq uchun eng yuqori ball |
|---|---|---|
| 1. | Musiqa madaniyati fanining “o‘quv darsligiga “musiqa tinglash” faoliyati uchun kiritilgan kuy–qo‘shiqlarni cholg‘uda ijro etish | 20 ball |
| Asarni tuzgin notadan ijro eta olish | 5 ball | |
| Tovush sifati va uni boshqarish | 5 ball | |
| Asarda bezaklar mavjudligi | 5 ball | |
| Asarning badiiylikni ko‘rsata olish | 5 ball | |
| 2. | Musiqa madaniyati fanining “o‘quv darsligiga kiritilgan “xalq qo‘shig‘i kuylash” yoki bastakor asarlarini kuylash | 20 ball |
| Asarni notadan yodlab kuylay olish | 5 ball | |
| Ovoz sifati va uni boshqarish | 5 ball | |
| Asarda nafas bezaklari mavjudligi | 5 ball | |
| Umumiy xarakterni (dinamikasini) yoritib bera olish | 5 ball | |
| 3. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF–112-son qaroriga 1-ilovadagi ro‘yxatga kiritilgan milliy cholg‘ulardan birida xalq kuyini ijro eta olish | 20 ball |
| Asarni tuzgin notadan ijro eta olish | 5 ball | |
| Tovush sifati va uni boshqarish | 5 ball | |
| Kuyning badiiy ifodasini yoritish | 5 ball | |
| Asarda mavjud bo‘lgan kuy tuzilmasini yoritish | 5 ball | |
| 4. | Umumiy madaniy darajani belgilash asarini ijodiy tahlil qilish | 20 ball |
| Berilgan asarni notadan tahlil qilish | 5 ball | |
| Berilgan asarning tazmini kuyini yoritish | 5 ball | |
| Musiqa asarining mavzusi bilan ishlata olish | 5 ball | |
| Ijro jarayonini badiiy baholay olish | 5 ball |
Izoh. Har bir topshiriqni bajarish uchun 5–10 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Har bir topshiriq qay darajada bajarilganligiga ko‘ra “a’lo” – 5 ball, “yaxshi” – 4 ball, “qoniqarli” – 3 ball, “qoniqarsiz” – 2 ball, “bajarilmagan” – 0 ball darajalariga bo‘lingan holda baholanadi.
