Yil davomida test sinovlarini o‘tkazish uchun Yangi Toshkentda katta sig‘imli bino quriladi

Yil davomida test sinovlarini o‘tkazish uchun Yangi Toshkentda katta sig‘imli bino quriladi

Prezidentning 2025-yil 17-oktabrdagi 652-sonli “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan katta sig‘imli bino qurilishi belgilandi.

 

 

Bino qurilishi uchun Yangi Toshkent shahri hududidan 2,2 gektar yer maydoni ajratilib, u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

 

 

Yangi bino loyihalashtirish va qurilish ishlari Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

 

Qurilish ishlarining buyurtmachisi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi belgilanadi.

 

 

Qurilish yakunlangach, bino Bilim va malakalarni baholash agentligiga tekin foydalanish huquqi asosida topshiriladi.