Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori, 2-ilovaga ko’ra;
Boshqa hududlardan kelib ishlayotgan oliy ma’lumotli pedagoglar uchun stajga qarab ustama miqdorlari:
6 oydan – 3 yilgacha: 10%
3 yildan – 5 yilgacha: 20%
5 yildan – 10 yilgacha: 30%
10 yildan – 15 yilgacha: 40%
15 yildan ortiq: 50%
Ustamalar pedagoglarning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan hisoblanadi.
Shu bilan birga ushbu pedagoglarga:
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli;
Uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik kompensatsiya.
Qizil maktablar uchun maxsus ustamalar:
Ta’lim darajasi yuqori bo’lmagan maktablarga malakali o‘qituvchilarni jalb qilish uchun maxsus ustamalar va qo‘shimcha kompensatsiyalar belgilanadi.
Ustama miqdorlari:
Bitta hudud doirasida ishlayotgan pedagoglarga — 50% ustama;
Boshqa hududdan kelgan pedagoglarga — 100% ustama.
Qo‘shimcha kompensatsiya:
Mahalliy budjet hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi.
Ushbu maktablarga dars berishga kamida bir yil boshqa hududda ishlagan va oliy yoki birinchi toifaga ega o‘qituvchilar jalb qilinadi.
