Qohira universitetida o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar so‘roviga binoan, diplomat tashabbusi bilan ingliz tilida “Uzbek Language. Complete Self-Study Guide in 22 Lessons” nomli ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi va elchixona tomonidan nashr etildi.
Darslikni O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xodimi Otabek Alimov tayyorlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘llanma Amazon platformasida elektron va rangli bosma shakllarda, shuningdek, Google Books va Google Play ilovalari orqali ham taqdim etilgan.
Qo‘llanmaning rus tilidagi versiyasi – “Узбекский язык: Полный курс за 22 урока” – “Litres” va “OZON” kabi yirik onlayn kitob do‘konlarida sotuvga chiqarilgan.
Hozirda kitobni arab va boshqa tillarga tarjima qilish rejalashtirilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Mazkur loyiha o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uning o‘qitilish geografiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda”.
