“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktabridan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining birinchi bosqichiga start beriladi. Ushbu bosqichda 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 ming 987 ta maktab ishtirok etadi.

 

 

Loyiha doirasida 22–31 oktyabr kunlari — loyihalarni shakllantirish, 1–10 noyabr kunlari — saralash, 11–20 noyabr kunlari esa — ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, loyihaga 5–11-sinf o‘quvchilari o‘z maktablari uchun taklif etgan g‘oyalarni ilgari surish va ularga ovoz berish orqali ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, 3- va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar dekabr–2026-yil yanvar oylarida loyihaning ikkinchi bosqichida qatnashadi.

 

 

Ro‘yxat