Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi kredit-modul tizimi bo‘yicha quyidagi tartibda belgilanadi:
1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
1 kredit 30 soatga teng;
1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yo‘nalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
