Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 % ga kamaygan.
Koʻrsatkichga ko’ra, eng ko‘p o‘qish uchun safar qilingan mamlakatlar orasida Tojikiston birinchi o‘rinda turibdi — bu mamlakatda 5 270 nafar o‘zbekistonlik tahsil olmoqda. Ikkinchi o‘rinda Rossiya — 4 649 nafar, uchinchi o‘rinda esa Qirg‘iziston — 3 064 nafar talabani qabul qilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya (2 309 nafar), Turkiya (1 538 nafar), Qozog‘iston (874 nafar), Xitoy (797 nafar), Buyuk Britaniya (567 nafar), Germaniya (285 nafar) va AQSH (256 nafar) ham o‘zbekistonlik talabalar uchun mashhur yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda.
Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
Tojikiston – 5 270 nafar;
Rossiya – 4 649 nafar;
Qirgʻiz R. – 3 064 nafar;
Koreya – 2 309 nafar;
Turkiya – 1 538 nafar;
Qozogʻiston – 874 nafar;
Xitoy – 797 nafar;
Buyuk Britaniya – 567 nafar;
Germaniya – 285 nafar;
AQSH – 256 nafar.
