Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga birinchi bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga birinchi bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi

Xabar berganimizdek, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.

 

 

Qabul bo‘yicha birinchi bosqich test sinovlarini natijalari elon qilindi.

 

 

Talabgorlar natijalarni va suhbat kunlarini natija.dsba.uz onlayn platformasi yoki @natijadsbabot orqali bilib olishlari mumkin.

 

 

Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etiladi.

 

 

Eslatb o‘tamiz, 2025-2026 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha:

 

 

— Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt)

 

— Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt)

 

— Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt).