Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 1-o‘quv binosi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy)
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlardan 11-oktyabr kuni soat 12:30 dan kechikmasdan belgilangan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. Imtihon soat 13:00 da boshlanadi.
Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta asl nusxasi) olib kelishlari lozim.
