Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o’qishga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin:
Izoh :
1) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustama qo‘llaniladi;
2) **2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qo‘llanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.