Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.
Unga koʻra, Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi oʻzgartirilgan.
Qaror 5 bobdan iborat: 1-bobga quyidagi sertifikatlar (nemis tili bo`yicha TELC sertifikati ham) qo‘shilgan. Ushbu bobda Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasini ifodalaydi.
Ma’lum qilinishicha, Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari asosiy sertifikatlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Shuningdek, 2025-yil 3-oktyabr sanasiga qadar olingan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari uchun ularning amal qilish muddati tugagunga qadar (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi.
Bunda, 2025-yil 3-oktyabr sanasidan keyin olingan yuqoridagi sertifikatlar uchun o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi.
2-bobda Oʻrta maxsus, professional taʼlimi uchun quyidagi sertifikatlar qo‘shilgan. Unda oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatini ifodalaydi.
3-bob. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimiga xorijiy til boʻyicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati.
Maʼlumot uchun: 3-bob oldinlari maktabgacha taʼlim muassasasida ishlovchi xorijiy til oʻqituvchilari uchun tatbiq etilmagan.




