2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari oʻrnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududining xavfsizligini taʼminlash, oʻquvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida “Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinadi. Bu haqda “2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur”da nazarda tutilgan.
Dastlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga “Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini oʻrnatish bilan bogʻliq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
“Xavfsiz maktab” loyihasi 2024-yil 1-yanvarga qadar kamida 130 ta maktabda, 2025-yil 1-sentyabrga qadar bosqichma-bosqich barcha maktablarda joriy etiladi.