“Maktab maslahatchisi” lavozimi boʻyicha MMTV buyrugʻi imzolandi

“Maktab maslahatchisi” lavozimi boʻyicha MMTV buyrugʻi imzolandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida»gi 368-son buyrug‘i qabul qilindi.

 

 

Qarorga ko’ra, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab O’zbekiston hududlaridagi bir necha maktablarida ‘‘maktab maslahatchilari’’ faoliyati yo’lga qo’yiladi.

 

 

Ushbu lavozim vakillari oliy, bakalavr diplomiga ega bo’lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), mutaxassisligi pedagogika yoki psixologiya yo’nalishida o’qigan bo’lishi talab etiladi.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, ta’lim standartlaridan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, davlat tilishini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ustuvorlik beradi) lozim.

 

 

368-son buyruq — Faylni yuklash

 

Maktab maslahatchilari yo’lga qo’yiladigan maktablar ro’yxati — Faylni yuklash

 

Malaka tavsiflari — Faylni yuklash