Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024 yildagi 87-son) qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan va toifa olmagan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash imtihoniga jalb etilishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali obunachilarimiz tomonidan “2-toifa uchun malaka test sinovlarida qatnashgan stajor o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash imtihonini topshirishi kerakmi?” mazmunidagi savollar kelib tushmoqda.
Ushbu savolga javob topish maqsadida “Ta’lim xabarlari” Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landi.
Biroq Vazirlik mutasaddilari savollarimizni ochiq qoldirdi.
Tahririyatimiz muloqotga ochiq ekanligini bildirib, vazirlikdan bu borada izoh kutib qoladi.