O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda - Ta’lim xabarlari
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda

11-sinfni tugatayotgan Ozoda Mo‘minova Stenford universitetida o‘qimoqchi. Orzusi esa dunyodagi top olimlar safidan joy olish, shu bilan birga fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilish, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarishni maqsad qilgan.

 

Kun.uzning xabar berishicha, endigina 11-sinfni tamomlayotganiga qaramay o‘quvchi allaqachon faoliyatini IT sohasi bilan bog‘lagan. Xususan, hozirda u “Swift Launch” biznes dasturida loyiha rahbari hisoblanadi. Sohaga qiziqish esa Ozodada 15 yoshidan boshlagan, turli dasturlarda volontyorlik qilgan.

 

“Frontend yo‘nalishida 1 yil o‘qib, loyihalarda masofadan ishlashni boshladim. Bundan tashqari Agile va Scrum bo‘yicha ta’lim oldim. Bu bilimlarim menga chet eldagi 2 ta kompaniyada masofadan turib 2 yil mobaynida ishlab ko‘rishda yordam berdi. Bugun IT hayot tarzimga aylangan. Bugun yo‘lini topishda qiynalayotgan qizlarga hech ikkilanmay shu sohada o‘qishni maslahat beraman. Sababi IT aynan qizlar uchun keng imkoniyatlarga ega soha”, — deydi Ozodaning o‘zi.

 

Ozoda “Women in Nuclear” (atom energiyasi sohasidagi ayollar) notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi elchisi ham hisoblanadi.

 

17 yoshli qiz bir vaqtning o‘zida Google kompaniyasining Google Community’si Google Developers Tashkent jamoasi a’zosi bo‘lib, o‘zi kabi boshqa qizlarning ITga kirib kelishiga yordam bermoqda.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры