Yuridik universiteti ham o‘zining super-kontrakt miqdorini e’lon qildi. Eng kam miqdor — bazaviy kontraktning 3,5 baravari, eng yuqori miqdor esa 6 baravari etib belgilangan.
Izoh: qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilanadi. Unga ko’ra,
– 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
– 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Quyida super-kontrakt miqdorini e’lon qilgan boshqa oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati bu yerda:
– Toshkent davlat Yuridik universiteti – super kontrakt narxi;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – super kontrakt narxi;
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – super kontrakt narxi;
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti – super kontrakt narxi;
– Termiz davlat universiteti – super kontrakt narxi;
– Namangan davlat pedagogika instituti – super kontrakt narxi;
– Andijon davlat universiteti – super kontrakt narxi;
– Qo‘qon davlat universiteti – super kontrakt narxi;
– TTA Urganch filiali – super kontrakt narxi;
– Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti – super kontrakt narxi;
– TKTI Yangiyer filiali – super kontrakt narxi;
– Namangan davlat texnika universiteti – super kontrakt narxi;
– TDTU Olmaliq filiali – super kontrakt narxi;
– Denov tabdirkorlik va pedagogika instituti – super kontrakt narxi.
– Jizzax politexnika instituti – super kontrakt narxi;
– Urganch davlat universiteti – super kontrakt narxi;
– Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali – super kontrakt narxi;
– O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti – super kontrakt narxi;
– Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti – super kontrakt narxi.
Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak.
Eslatma! Super-kontrakt bo‘yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat berilgan.
