Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi. 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentyabr – 3-oktyabr
Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktyabrga qadar
Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
Vakant o’rinlar bor bo’lgan oliy ta’lim tashkilotlari va yo’nalishlar ro’yxatini quyidagi fayllar orqali bilib olish mumkin:
Vakant o’rinlar kunduzgi –Faylni yuklash
Vakant o’rinlar kechki – Faylni yuklash
Vakant o’rinlar masofaviy – Faylni yuklash
