“Perevod” boshlanishiga 11 kun vaqt qoldi. O‘qishni ko‘chirish haqida eng muhim ma’lumotlar
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
Oʻqituvchi attestatsiya test sinovidan oʻta olmasa, demak ularni quyidagi 3 ta asosiy muammo kutib turadi: Birinchi muammo, oʻqituvchi attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Ikkinchi muammo, agar oʻqituvchi attestatsiyadan oʻtmasa, uning nafaqat jamiyatdagi balki, maktab jamoasi oldida ham obroʻsi tushib boradi. Bu […]
Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 3-umumta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Billura Zayniyeva malaka test sinovlarida ishtirok etib, 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi. Bundan oldin ham Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ball, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball va Gʻijduvon […]
Prezidentning tegishli qarori bilan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sentabr-noyabr (3 oy muddatda) oylarida respublikadagi xususiy o‘quv markazlarning reytinggi shakllantiriladi va doimiy yuritib boriladi. Reyting natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan olis va chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlarning bina va inshootlar uchun ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi. Reytingni baholash natijalarini Yoshlar ishlari agentligi rasmiy […]
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda Milliy gvardiya xodimlariga qo‘riqchiligi uchun ota-onalardan pul yig‘ib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-onalar guruhida guruh rahbari shu mazmundagi xat bilan post qoldirgan. Unda, jumladan, avgust oyida katta majlis bo‘lib o‘tgani, majlisda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlab turadigan Milliy gvardiya xodimlariga maktab ma’muriyati va ota-onalar tomonidan homiylik asosida […]
Amaldagi tartibga ko‘ra, birinchi marta ishga qabul qilingan va toifa olmagan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb qilinishi kerak.
Ammo, 2-toifa uchun imtihon topshirgan ammo hali toifa sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar taqdiri so‘roq ostida.
Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilgani “Endi, bogʻcha tarbiyachilari va maktabdagi ustozlar 2 martalab ehtiyot boʻlishlari kerak” kabi sarlavhalar bilan berilmoqda. Aslida qanday oʻzgartirish kiritildi? Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan qonun hujjatlarga qanday oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilganligiga aniqlik kiritish maqsadida Adliya vazirligi mutaxassislari […]
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 30-avgustdagi 288-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalaridagi psixolog, kutubxonachi hamda laborant lavozimlari qisqartirilmoqda. Lekin ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Ayrim toifadagi xodimlarning lavozimi qisqargan bo‘lsa ham, ularni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi. Homilador, 3 yoshga to‘lmagan […]
Avvalgi yillarda magistratura uchun faqatgina til sertifikati bo‘lgan talabalar hujjat topshira olgani sababli, talabalar soni nisbatan kamchilikni tashkil etardi. Buning natijasida, kvotalar to‘lmay qolishi holatlari ham kuzatilar edi. Lekin bu yildan til sertifikati bo‘yicha bir qator imkoniyatlar berilgani sababli, magistraturaga hujjat topshirganlar soni ortib ketdi, natijada kvotalar to‘lib, magistraturaga kira olmaganlar soni ham ortdi. […]
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini quyidagi usullarda bilish mumkin: 1. @e_uzbmb_mandatbot ushbu telegram botga ID raqamni kiritish orqali 2. my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami […]
Davlatimiz rahbari bugungi ochiq muloqotda eng avvalo o‘qituvchining kasbiy mahoratiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. “Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz”,- dedi Prezident. Bugungi kunda davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil […]
Samarqandda voyaga yetmagan bola avtobus urib yuborishidan halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi. 2024-yil 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 larda Samarqand shahar, “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan oʻtuvchi Amir Temur koʻchasida haydovchi F.S. boshqaruvida boʻlgan “ISUZU” rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumtaʼlim maktabi yaqinida yoʻlni […]
Toronto universiteti psixologiya professori Kang Li minglab bolalarni o‘rganib, ularning qanday qilib yolg‘on gapirishni o‘rganishini va bu jarayonning ularning ijtimoiy va axloqiy tushunchalariga qanday ta’sir qilishini aniqladi. Ba’zi ota-onalar farzandlari ilk bor yolg‘on gapirganida xavotirga tushishadi. Ammo professor Li uchun bu – bolalarning sog‘lom rivojlanishining tabiiy qismi. U 30 yillik izlanishlari davomida bolalarda yolg‘on […]
20-oktyabr kuni umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi o’tkazildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. “Tadbirda yurtimizdagi barcha hududdan uchtadan jami 42 ta jamoa ishtirok etmoqda. Turnirda ishtirok etayotgan jami 294 nafar o’quvchilarga omad tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoa Oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga […]
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 11-maktab direktori qo‘shni ayol bilan qo‘lga tushganligi aks etgan video tarqaldi. Xabarlarda ma’lum qilinishicha, maktab direktori shu mahallada yashovchi, eri chet elda ishlab yurgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Mazkur holat yuzasidan Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, videoda aks […]
Ma’lumotlarga ko’ra, endilikda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: – yo‘nalish – oliy ta’lim muassasasi nomi; – manzil; – sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan […]
Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi. Bu haqda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma‘lum qildi. Malaka test sinovlari oʻtkazish joylari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy) Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga […]