Toshkent viloyatida sinfdoshini oʻldirgan 16 yoshli o‘quvchi 8,5 yilga qamaldi

Toshkent viloyatida sinfdoshini oʻldirgan 16 yoshli o‘quvchi 8,5 yilga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinozda 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 6-iyun kuni Yallama qishlogʻida sodir boʻlgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, jabrlanuvchi onasi bilan telefon orqali suhbatlashganidan soʻng, qisqa muddatga doʻstlari bilan uchrashishini aytib, uydan chiqib ketgan. Keyinroq uning koʻplab pichoq jarohatlari bilan jasadi qishloq uylaridan birining yonidan topilgan.

 

 

Aniqlanishicha, qotillik mahalliy futbol maydoni hududida sodir etilgan.

 

 

Sud jarayonida ayblanuvchi kechirim soʻrab, buni ataylab qilmaganini aytgan. Shuningdek, u pushaymonligini bildirib, kechirim soʻragan, shu bilan birga yengilroq jazo tayinlashni soʻragan.

 

 

Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan 85-moddani (ozodlikdan mahrum qilish) qoʻllash orqali aybdor deb topib, 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.