“40 foizgacha toʻlanadigan ustama” boʻyicha asosiy maʼlumotlar (toʻliq shaklda)

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Quyida mazkur tartib boʻyicha eng koʻp berilayotgan savollarga javob beramiz.

 

Jarayonlar qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

 

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal maʼlumotlari asosida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining yillik oʻrtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami umumtaʼlim maktablari soniga nisbatan eng yaxshi natija koʻrsatgan birinchi 20 foiz umumtaʼlim maktablari saralab olinadi.

 

2-bosqichda 1-bosqich doirasida saralab olingan umumtaʼlim maktablari monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:

 

–  baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot ishlari olib borilganligi hamda oʻquvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;

 

–  baholash ishlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi;

 

– fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili;

 

–  soʻrovnomalar oʻtkazilganligi va ularning tahlili.

 

Monitoring guruhi baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari tomonidan ikkita bosqich doirasida jami toʻplangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi roʻyxatini shakllantiradi.

 

Saralab olingan umumtaʼlim maktablar rahbar va pedagog kadrlariga tlanadigan ustama miqdori qanday belgilanadi?

 

1-bosqich yakuni boʻyicha saralab olingan va 2-bosqich doirasida tahlil qilingan 20 foiz umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami toʻplangan ballarga qarab qoʻyidagi miqdorlarda ustama belgilanadi:

 

T/r Umumtaʼlim maktablari Ustama miqdori
1. tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumtaʼlim maktablari 40 foiz
2. tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan keyingi 10 foiz umumtaʼlim maktablari 30 foiz
3. tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija koʻrsatgan keyingi 15 foiz umumtaʼlim maktablari 20 foiz
4. tahlil qilingan qolgan umumtaʼlim maktablari 10 foiz

 

Monitoring guruhlari yuqoridagi taqsimot asosida rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini Vazirlikka taqdim etadi.

 

Umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

 

Bunda ustama baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentyabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.

 

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxati qanday shakllantiriladi?

 

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining yillik oʻrtacha baholari tahlil qilinadi hamda ushbu bosqichga ajratilgan 100 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

 

Baholash mezoni Koʻrsatkich Ball
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining barcha fanlar boʻyicha yillik oʻrtacha bahosi (olinishi mumkin boʻlgan maksimal ballga nisbatan foizda) 86 foiz va undan yuqori boʻlsa 100
71-85 foiz oraligʻida boʻlsa 80
55 -70 foiz oraligʻida boʻlsa 60
40 -54 foiz oraligʻida boʻlsa 40
30 -39 foiz oraligʻida boʻlsa 20
30 foizdan past boʻlsa 0

 

Umumtaʼlim maktablari toʻplagan ballar asosida (eng katta balldan eng kichik ballga qarab, yuqoridan pastga) saralanadi hamda egallagan oʻrniga qarab jami maktablarning eng yaxshi natija koʻrsatgan (roʻyxat boʻyicha birinchi) 20 foizi tanlab olinadi.

 

Teng ball jamgʻargan maktablar soni jami maktablarning 20 foizidan koʻp boʻlsa, Monitoring guruhlari tomonidan qoʻshimcha tahlillar oʻtkaziladi hamda choraklar davomida nisbatan barqaror natija koʻrsatgan maktablar tanlab olinadi.

 

Tanlab olingan maktablarda 2-bosqich quyidagi mezonlarga koʻra tahlillar oʻtkaziladi.

 

T/r Mezonlar Ball
1 Baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot ishlari olib borilganligi hamda oʻquvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi 25
2 Baholash ishlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi 25
3 Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili 20
4 Soʻrovnomalar oʻtkazilganligi va ularning tahlili 30
Jami 100

 

 

Baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot ishlari olib borilganligi hamda oʻquvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi

 

Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun ularda baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot stendlarining mavjudligi va BSB belgilangan tartibda amalga oshirilganligi tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 25 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

 

Baholash mezoni Koʻrsatkich Ball
Baholashning yangi tartibi boʻyicha targʻibot stendlarining mavjudligi (5 ball) Stendlarda baholashning yangi tartibi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi 2
Stendlarda sinflar reytingi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi 3
BSB mezoni va tahlili, BSB topshiriqlarining mezon asosida tekshirilganligi (20 ball) Mezon va tahlil yigʻmajildlarining talab darajasida yuritilishi (joriy oʻquv yili uchun har bir fandan, har bir sinf kesimida taqvim reja asosida berilgan BSB topshiriqlari hamda ularning mezonlari mavjudligi) 5
Joriy oʻquv yili uchun oʻquvchilar ishlarining mavjudligi 10
Oʻquvchilar ishlarining mezon asosida tekshirilganligi 5

 

Baholash ishlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi

 

Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun ularning CHSB yigʻmajildlari “e-Maktab” platformasiga BSB va CHSB natijalarining kiritilishi tahlil qilinadi hamda mezonga ajratilgan 25 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

 

Baholash mezoni Koʻrsatkich Ball
CHSB natijalarining haqqoniyligi (15 ball) CHSB natijalarini haqqoniy qoʻyilgani 10
CHSB yigʻmajildlarining yuritilishi va natijalar tahlilining mavjudligi 5
“ e-Maktab” platformasidan foydalanish holati (10 ball) “e-Maktab” platformasiga BSB va CHSB natijalarining oʻz vaqtida kiritilishi 5
“e-Maktab” platformasidan unumli foydalanish samaradorligi (platformaga yuklangan summativ baholash materiallaridan foydalanilishi, baholash kurslaridan oʻtilganligi) 5

 

Izoh: Baholar haqqoniy qoʻyilmaganligi aniqlanganda barcha toʻplagan ballari bekor qilinadi hamda ushbu maktab rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxatidan chiqariladi.

 

Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili

 

Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi va oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlil qilinadi hamda  mezonga ajratilgan 20 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Baholash mezoni Koʻrsatkich Ball
Uslubiy birlashmalarda BSB tahlillari olib borilganligi (10 ball) Uslubiy birlashma yigʻmajildida BSB tahlillari xulosalarining mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 5
Xulosalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 5
Loyiha ishlari (10 ball) Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mavjudligi (elektron yoki model shaklida) 5
Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mezon asosida baholanganligi 5

 

Srovnomalar tkazilganligi va ularning tahlili

 

Umumtaʼlim maktablarining ushbu mezon boʻyicha koʻrsatkichini aniqlash uchun uning rahbariyati tomonidan oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilganligi va soʻrovnomalar oʻtkazilganligi tahlil qilinadi hamda  mezonga ajratilgan 30 ball quyidagi tartibda taqsimlanadi:

 

Baholash mezoni Koʻrsatkich Ball
Ota-onalar bilan tushuntirish ishlarining olib borilganligi (10 ball) Maktab rahbariyatining ota-onalar bilan qayta aloqada boʻlganligi 4
Ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi 6
Baholashning yangi tartibi toʻgʻrisida oʻqituvchilarning yetarli maʼlumotga ega ekanligi (10 ball) Oʻqituvchilarning baholashning yangi tartibini joriy etish bilan bogʻliq hujjatlar bilan tanish ekanligi 3
Maktab rahbariyati bilan oʻqituvchilar oʻrtasida muntazam muloqotning mavjudligi 3
Oʻqituvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi 4
Oʻquvchilarning baholashning yangi tartibi toʻgʻrisida maʼlumotga ega ekanligi (10 ball) Maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan oʻqituvchilari va oʻquvchilar oʻrtasida qayta aloqaning mavjudligi 3
Oʻquvchilar baholashning yangi tartibining maqsadi va mohiyatini tushunganligi 3
Oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilganligi 4

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры