Ota-onalar farzandini boshqa sinfga o‘tkazsa boʻladimi?

Ota-onalar farzandini boshqa sinfga o‘tkazsa boʻladimi?

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.

 

Buning uchun, ota-ona farzandini boshqa sinfga o‘tkazish sabablari ko‘rsatilgan holda maktab direktori nomiga ariza topshiradi.

 

Direktor arizani qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish bo‘yicha buyruq chiqaradi.

 

Agar sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan (35 nafar) ortiq bo‘lsa, direktor arizani rad etishi mumkin.

 

Rad etish to‘g‘risidagi qaror ota-onaga uch kun ichida yozma ravishda yetkazilishi shart.

 

Buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuvlar kiritiladi.