Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda toʻlanadi?

Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda toʻlanadi?

Amaldagi qonunchilikka koʻra, yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar oʻquvchining ota-onasi, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oʻqituvchilar tomonidan quyidagi tartibda toʻlanadi:

 

– darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar koʻrinishida;

 

Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymat miqdorida:

 

– birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

 

– 2 – 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;

 

– 5 – 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.