Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi bog‘chalarga yaroqsiz go‘sht hamda sifatsiz oziq-ovqat yetkazib berilgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Viloyat MMTBning xabariga koʻra, voqea yuzasidan masʼul tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Hozirda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi tashkilot faoliyati, mahsulotlarning sifati va tegishli hujjatlar oʻrganilmoqda.
Mutaxassislar tekshiruv jarayoni yakunlangach, aniqlangan natijalar boʻyicha jamoatchilikka batafsil axborot berilishini maʼlum qilingan.
