Avvalroq, pedagogika yo’nalishi talabalari uchun davlat stipendiyasi joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.
Prezidentning 2025-yil 10-sentyabr kuni ‘‘Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida’’ PF-162-son Farmoni imzolandi.
Unga ko’ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Bunda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanayotgan hamda akademik o‘zlashtirishda yuqori natijalarni qayd etgan bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan.
