Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
– imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;
– gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 15 – 30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyidagi imtihon mavjud (eski) yozma topshiriq formati asosida o‘tkaziladi.
Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 7-oktyabrda e’lon qilinadi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-09-10-3
