Prezident tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.
Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6-7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.
Tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g’olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.
