Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Muxamedov Sherzod Nurmuxamedovich va Siradjev Ilxom Toxirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʻlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasi loyiha koordinatorlari lavozimiga tayinlandi.
Muxamedov Sherzod Nurmuxamedovich bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sherzod Muxamedov 2006-2016-yillarda Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida pedagog sifatida faoliyat yuritgan. 2016-2017-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani Kengashi raisi, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Olmazor tumani Kengashi raisi, 2019-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligi Progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish shoʻba mudiri, Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi, Strategik rivojlantirish va yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.
2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchisi boʻlgan.
Siradjev Ilxom Toxirovich esa 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
U dunyodagi qator davlatlar taʻlim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yoʻnalishidagi xalqaro seminar hamda taʼlimga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi.
U pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), “Taʼlimda menejment’’ yo‘lishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
