9 yoshli qiz bakalavr darajasini olib, rekord oʻrnatdi

9 yoshli qiz bakalavr darajasini olib, rekord oʻrnatdi

Fransiyada to‘qqiz yoshli qiz bakalavr darajasini olib, rekord o‘rnatdi. U mamlakat tarixida bunday yutuqqa erishgan eng yosh ayol bo‘ldi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bergan. Fransiya Milliy taʼlim vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, u 2024-yil iyul oyida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, shu tariqa u bundan avvalgi rekordchi, 1989-yilda 11 yoshligida maktabni bitirgan Arthur Ramondt-Rizo natijasini ortda qoldirdi.

 

Qizaloq ikkinchi urinishda matematika, fizika va kimyo fanlaridan imtihon topshirib, farqsiz bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. U Klishi shahridagi xususiy institutda taʼlim olgan bo‘lib, bu yerda Alef usuli qo‘llaniladi. Mazkur yondashuv ortiqchalikni yo‘q qilish, individual dastur asosida o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, u Fransiyada tug‘ilgan, Grenada fuqaroligiga ega va hozirda Dubayda ta’lim olmoqda. Institut vakillari qizning IQ darajasi odatiy ekanini, muvaffaqiyati esa tug‘ma iste’doddan ko‘ra samarali ta’lim tizimi bilan izohlanishini qayd etishgan. Bitiruvchi qizning oilasi shaxsini sir tutishni ma’qul ko‘rgan.