“Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va intilishini yuzaga chiqarish bo‘yicha ham yagona vertikal tizim joriy etiladi.
Shu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.
O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi.
