BSB, CHSB bo‘yicha o‘quvchiga kunlik baho qanday me’zon asosida qo‘yiladi?

BSB, CHSB  bo‘yicha o‘quvchiga kunlik baho qanday me’zon asosida qo‘yiladi?

BSB, CHSB  boyicha o’quvchiga formativ baholash (kunlik baholash) tartibi bo’yicha quyidagicha baholanadi:

 

9-10 ball qo‘yiladi.

 

Agar o’quvchi darsda:

 

–  faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;

–  ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

 

–  uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
– uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.

 

 

6-8 ball qo‘yiladi, agar 

 

–  faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;

–  faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;

–  faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

–  uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.

 

0-5 ball qo‘yiladi, agar:

 

–  faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;

–  savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

 

–  uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;

–  uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.