7 oyda 1,7 mingdan ziyod oʻzbekistonliklar oʻqish uchun Koreyaga borgan — statistika

7 oyda 1,7 mingdan ziyod oʻzbekistonliklar oʻqish uchun Koreyaga borgan — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 18,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,4 ming nafarga yoki 51,8 % ga oshgan. Joriy yilning 7 oyida Koreya Respublikasiga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

 

sayohat – 12 836 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 3 734 nafar

o‘qish – 1 789 nafar

xizmat yuzasidan – 224 nafar

davolanish – 33 nafar