Joriy yilda OTMga kirish uchun o‘rtacha ball necha bo‘ldi? Statistika

Joriy yilda OTMga kirish uchun o‘rtacha ball necha bo‘ldi? Statistika

Bilim va malakalarni baholash agentligi joriy yilda abituriyentlar to‘plagan natijalar bo‘yicha ayrim statistikalarni e’lon qildi.

 

Hududlar kesimida o‘rtacha ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan — 89,5 ball. Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan.

 

Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri (82,8) hamda Navoiy viloyati (80,4) egallagan.

 

Eng quyi pog‘onadan esa Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7) hamda Andijon (70,9) joy olgan.

 

Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 76,9 ballni tashkil qilgan.

 

O‘z navbatida, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali 81,7 ballni tashkil qilgan.

Joriy yilda OTMga kirish uchun o‘rtacha ball necha bo‘ldi? Statistika