Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlari tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlari tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglar faoliyatini samarali tashkil etish, ish hujjatlarini tartibga solish va ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan 2025-yil 29-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 323-sonli buyruq imzolandi.

 

Unga ko’ra, 16 ta hujjat qisqartirildi, 26 ta hujjat qayta ko‘rib chiqilib, ixchamlashtirildi, 11 ta hujjat butunlay chiqarib tashlandi, hujjatlarni elektron shaklda (elektron qog‘oz shaklida) yuritishga ruxsat berildi.

 

Bundan buyon pedagoglar ish faoliyati me’yoriy hujjatlar asosida, zamonaviy va qulay tartibda olib boriladi.

 

Hujjatni yuklab olish – Fayl