O‘zbekiston va Xitoy universitetlari qo‘shma markazi tashkil etadi

O‘zbekiston va Xitoy universitetlari qo‘shma markazi tashkil etadi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xeilongjiang milliy professional instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, tomonlar kelgusida O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshida “O‘zbekiston-Xitoy madaniyat va ijod markazi”ni tashkil etish masalasida ham kelishuvga erishdi.

 

Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.