Super-kontraktga kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadimi?

Super-kontraktga kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadimi?

Ayni paytda o’qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar tomonidan kelayotgan eng ko’p savollardan biri bu tabaqalashtirilgan to’lov kontrakti haqida bo’lmoqda.

 

O’tgan yili 2-sentyabrda qabul ochilgan lekin bu yilgisi haligacha tasdiqlangani yo’q. Demak, biroz kechikadi.

 

 

Lekin joriy yilda super-kontrakt narxlari o’tgan yilgiga qaraganda arzonlashishi kutilmoqda.

 

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

 

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

 

Super-kontraktda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza beradi?

 

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz (masalan, o‘tgan yili 2-sentyabrdan ariza berish boshlangan).

 

 

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

 

Super-kontraktdagilar grant taqsimotida qatnasha oladimi?

 

Ha, ular ham 1-kursdan keyin o’zlashtirishi va faolligi yaxshi bo’lsa, grantga da’vogarlik qila oladi.

 

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

 

Yo‘q. 4 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

 

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

 

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

 

 

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

 

 

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

 

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

 

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.