AQShning Virjiniya shtatida Alpha School nomli yangi turdagi maktab ochildi. U an’anaviy o‘qituvchilarsiz, faqat sun’iy intellekt yordamida ishlash modeli asosida tashkil etilgan.
Maktabda o‘quvchilar yiliga 65 ming dollar to‘lov evaziga 2 soat davomida AI tomonidan boshqariladigan darslarga qatnashadi. Kunning qolgan qismida esa turli hayotiy ko‘nikmalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.
Alpha School o‘qituvchilarni “yo‘l-yo‘riq beruvchi murabbiylar” bilan almashtirgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini kuzatib boradi. Dastur mualliflari bu modelni “kelajak ta’limi” sifatida taqdim etishmoqda.
Ammo ta’lim ekspertlari va ota-onalar tomonidan tanqidlar ham yo‘q emas. Ayrim mutaxassislar bunday maktabning tajriba sifatida qimmatga tushishini va hamma uchun ham ochiq emasligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, inson o‘qituvchilarning o‘rnini texnologiya bilan to‘liq almashtirish mumkinligi masalasi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
