ServiceScape Scholarship — insho yozing va 1000 AQSh dollariga ega bo’ling

ServiceScape Scholarship — insho yozing va 1000 AQSh dollariga ega bo’ling

ServiceScape Scholarship — bu yuqori malakali tarjimonlar, muharrirlar, dizaynerlar va yozuvchilar platformasi sifatida tanilgan ServiceScape kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan stipendiya dasturidir. U kollej, universitet yoki kasb-hunar muassasasida tahsil olayotgan yoki o‘qishga hozirlanayotgan talabalarga — kitob, ta’lim materiallari yoki boshqa zarur xarajatlar uchun — mablag‘ bilan yordamlashishga mo‘ljallangan.

 

Stipendiya miqdori: 1 000 AQSh dollari.

 

Ushbu stipendiya talabalarning ta’lim jarayonida yuzaga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlarini qoplashda yordam berishga qaratilgan.

 

Ariza topshirish jarayoni

 

Stipendiyaga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

 

1. Onlayn ariza shaklini to‘ldirish.

2. «How does writing impact today’s world?» mavzusida 300 so‘zdan iborat insho taqdim etish.

 

 

Ushbu insho nazariy izlanishdan ko‘ra, yozuvning bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘ylab, talabalarning individual nuqtai nazarini ochiq ifoda etishiga asoslanadi.

 

Talablar:

 

— 2025-yilda tan olingan kollejda, universitetda yoki kasb-hunar maktabida o‘qiyotgan yoki o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lish.

 

— Arizani topshirgan paytda kamida 18 yoshda bo‘lish.

 

—Ariza formasi ingliz tilida to‘ldirilishi.

 

— Har bir ishtirokchi faqat bir marotaba ariza topshiradi.

 

Muhim cheklovlar:

ServiceScape xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari arizaga qo‘shila olmaydi. Ariza topshirish uchun hech qanday xarid zarur emas.

 

Tanlov va g‘olibni e’lon qilish

Tanlov natijalari 2025-yil dekabr oyida email orqali e’lon qilinadi. G‘olib keyingi 10 kun ichida:

 

–  O‘z rasmiy suratini taqdim etishi;

–  Nomzodlik huquqlari va omma oldida ishlatilishiga roziligini bildiruvchi hujjatlarni imzolashi zarur.

 

Qoidalarni bajarmagan taqdirda sovrin bekor qilinadi va zaxira g‘olib tanlanadi. Sovrin miqdori chek orqali olinish bo‘yicha amalga oshiriladi va 4 haftada yuboriladi. G‘olibning ismi, rasmi va insho matni ServiceScape blogida e’lon qilinadi.

 

Ushbu stipendiya talabalarga yozma ifoda, ijodkorlik va fikr yuritish qobiliyatlarini namoyon qilish asosida ta’lim xarajatlarini yengillatishga imkon beradi. Bu ularning akademik hayotlarida ijobiy boshlangan bosqich bo‘lib xizmat qiladi.