«Google Tarjimon» mashhur Duolingo ilovasiga o‘xshash tillarni o‘rganishga yordam beruvchi yangi funksiyalar qo‘shildi. Bu haqida TechCrunch xabar berdi.
Endi foydalanuvchilar faqat tarjima qilish bilan cheklanmay, balki yangilangan “practice” vositasi orqali faol ravishda til o‘rganishlari mumkin.
Ushbu rejim yangi til o‘rganuvchilarga hamda allaqachon ma’lum darajadagi bilimga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi o‘z darajasi va maqsadlarini tanlaydi, shundan so‘ng ilova shaxsiylashtirilgan mashqlarni taklif qiladi.
Masalan, foydalanuvchi dialoglarni tinglashi, eshitilgan so‘zlarni tanlashi yoki og‘zaki mashq bajarishi mumkin. Tizim foydalanuvchining rivojlanishini kuzatib boradi va topshiriqlarni unga moslashtiradi.
Hozirda yangi funksiya sinov rejimida bo‘lib, faqat ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun ispan va fransuz tillarini o‘rganishga ochiq. Ispan, fransuz va portugal tillarida so‘zlashuvchilar esa ingliz tilini mashq qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, Google jonli tarjima rejimini ham yaxshilagan. Endilikda ilova 70 dan ortiq tilda ishlay oladi yoki tarjima qila oladi. Bu esa eshitish orqali va ikki tilga matn ko‘rinishida tarjima bilan muloqot olib borishga imkon beradi. Tizim pauzalarni, urg‘uni va intonatsiyani aniqlay oladi, bu esa suhbatni yanada tabiiy qiladi.
Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, bu ikki funksiyaning ikkalasi ham hozircha faqat sinov tariqasida ishlamoqda.
