Avvalroq, joriy o’quv yili uchun magistratura bo’yicha natijalar 30-avgust kuni chiqish ehtimoli borligi haqida xabar berilgan edi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning so’ziga ko’ra, mas’ullar bilan magistratura mandati bo‘yicha yana bog’langan. Uning aytishicha, bugun chiqishi aniq emas, lekin ehtimoli ham yo‘q emas. Gap ayrim toifadagi nizoli talabgorlar masalasida ekan.
‘‘Aslida barcha javoblar shakllanib bo‘lgan, e’lon qilishga tayyor. Ammo ba’zi talabgorlarning hujjati bilan bog‘liq nizoli masalani hal qilish va qaytadan tekshirish ishlari ketmoqda. Chunki ularning masalasi natijalarni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Shu sababli vazirlik barchaga teng adolatni ta’minlash maqsadida, garchi ozchilik bo‘lsa ham, o‘sha nizoli talabgorlarning ishini oxiriga yetkazib, keyin umumiy natijalarni e’lon qilmoqchi. Bu to‘g‘ri qaror, qo‘llab-quvvatlayman. Shoshma-shosharlik yoki jamoatchilik bosimi bilan, 1 kishiga bo‘lsa ham adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Bu bo‘yicha ishlar ketmoqda, kecha tuni bilan qayta tekshirilgan, bir daqiqa bo‘lsin, tin olingani yo‘q. Agar ulgurishsa, bugun kechki payt chiqib qolishi ham mumkin (ehtimoli kamroq, menimcha), yo‘qsa, natijalarni ertaga chiqarishga harakat qilishadi’’, — deb yozadi Xushnudbek.
