Avvalroq, 5 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy zarar va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgandi. Mazkur sud ishida advokatlar Karimjonov Muhammaddamin hamda Xatamjonov Nazirjonlar pedagoglarning huquqlarini himoya qildi.
26-avgust kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Shayxontohur tumanlararo sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan kiritilgan shikoyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sudya Shukurlayeva Guli Yusupovna raisligida ko‘rib chiqilgan ikkinchi sud majlisida vazirlikdan vakil sifatida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xodimi, vazirlik yuristi hamda bevosita attestatsiya jarayonlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan xodimlar qatnashdi. Shuningdek, mustaqil ekspert sifatida Komil Jalilov, OAV xodimlari, jumladan xalqta’limiinfo.uz nashridan vakil sifatida Ulug‘bek Po‘latov ham ishtirok etgan.
Sud boshlanishidan avval OAV xodimlari, jumladan xalqta’liminfo.uz nashri tomonidan mazkur sud ishini yoritib borish maqsadida foto va audio qayd etishni so‘rab, sudga iltimosnoma kiritildi. Ammo, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi suddan foto va audio qayd etmaslikni so‘radi, sud esa mazkur iltimosnomani qanoatlantirdi.
Dastlab, sudya da’vogar o‘qituvchining hamda uning ishonchli vakili, advokatlarning e’tirozlarini tingladi. Shundan so‘ng, javobgar tomon eshitildi, masala yuzasidan har ikki tomonga savollar berildi.
O‘qituvchi nimadan norozi?
Da’vogarning aytishicha, ular imtihon jarayonida test savollarini ishlab bo‘lgandan so‘ng qaysi savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berganini bila olmagan, shuningdek ularga yetarli sharoitlar yaratib berilmagan.
Sud jarayonida bevosita ishtirok etgan pedagoglardan biri attestatsiya jarayonida yetarlicha sharoit yaratilmaganligini testga kirgan vaqtda testologiya qoidalariga amal qilinmagan holda tinchlik ta’minlanmaganligi hamda testda ishtirok etuvchilar soni ko‘pligi bois, boshqa pedagoglar bir-biriga xalaqit berganligi bilan izohlandi. Shundan so‘ng pedagog attestatsiya jarayoni bo‘yicha boshqa e’tirozlarini uning advokati o‘qib eshittirishini so‘radi.
Advokat Muahmmaddamin Karimjonovning aytishicha, test jarayonida attestatsiyaning asosiy prinsiplari – majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish ko‘rish hamda xolislik talabari buzilgan.
Birinchidan, imtihon davomida kompyuter qurilmalarida texnik nosozliklar kuzatilgani bois, qurilma qayta faoliyatga tushgandan so‘ng avval belgilangan javoblar o‘rni o‘zgarib qolish holatlari qayd etilgan.
Shu sababli, advokat sud majlisida imtihon jarayonida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni isbotlash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan kompyuter tizimining barcha jarayonlarini qayd etuvchi “log fayl”ni sudga taqdim etishni so‘radi. Ushbu fayl test jarayonida qurilmalarda yuz bergan barcha uzilishlar, texnik nosozliklar hamda javoblar o‘zgarishining sabablari yuzasidan asosiy dalil sifatida ko‘rilishi mumkinligi qayd etildi.
Ikkinchidan, berilgan test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vazn me’yoriga mutanosib emas, savollar tuzilish jarayonida validlik talablariga rioya etilmagan. Mutaxassislikka oid savollar esa juda murakkab bo‘lib, ayrim savollar bir nechta (uch-to‘rtta) qismlardan iborat bo‘lgan, bu esa ularni yechishda qiyinchilik tug‘dirgan. Pedagogik mahoratga oid savollar ham ancha murakkab bo‘lib, ularni chuqur tushunish va to‘g‘ri javob berish uchun 5–6 daqiqa vaqt talab etiladi. Tabiiyki, bunday sharoitda belgilangan yuqori ballni qo‘lga kiritish imkoniyati anchagina kamayadi.
Uchinchidan, ayrim hollarda testologiya qoidalariga rioya qilinmasligi sababli test savollari noto‘g‘ri tuziladi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilimini adolatli baholashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, testlarda qiyinchilik darajasi mos kelmagan va to‘g‘ri javob mavjud bo‘lmagan savollar uchrab turadi.
Testologiyada savollar qiyinchilik darajasi bo‘yicha muvozanatli bo‘lishi kerak: oson, o‘rtacha va murakkab savollar ma’lum nisbatda taqsimlanishi lozim bo‘ladi. Biroq, test tuzishda bu tamoyil buzilganida savollar umumiy darajaga nisbatan haddan tashqari murakkab, darajasida mavjud bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri talqin etilgan ma’lumotlarga asoslangan yoki keraksiz murakkab terminlar ishlatilgan. Bu holat o‘quvchilarda asossiz qiyinchilik tug‘dirgan va ularning haqiqiy bilim darajasini aks ettirmagan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ba’zi savollar umuman to‘g‘ri javobga ega emasligi bilan ajralib turadi. Bu holatlar testologiya nazariyasida mutlaqo yaroqsiz deb baholanadi. Bunday xatoliklar test muallifining savol matnini noaniq yoki chalkashtiruvchi tarzda tuzgani, javob variantlari orasida o‘nini-qanini ajratib bo‘lmaydigan to‘g‘ri o‘xshash yoki ikki va undan ortiq javob variantlari to‘g‘ri bo‘lib, aniqlik yetishmasligi natijasida yuzaga keladi.
To‘rtinchidan, test savollarining o‘zini-o‘zi izohlash jarayonida o‘xshash jiddiy bali ta’sirlari kuzatiladi. Jumladan, birinchi smenada test topshirgan talabalardan nisbatan past ball ho‘jalari bo‘lsa, ikkinchi smenada test topshirgan talabagorlar esa ancha yuqori ball olgan. Bu holat test savollari va ularni tarqatish birini bilan bog‘liq jiddiy shubha va e’tirozlarni keltiradi.
O‘zini-o‘zi tarmoqlarda keng tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, “X variant” ostida turilgan test savollarining ayrim namunalarini test boshlanishidan oldin yoki birinchi smenadan so‘ng ochilga jarayonda internetda tarqatish holatlari kuzatilgan. Bu holat, ayniqsa, ikkinchi smenada ishtirok etgan talabalarni ancha ustunlik qilib turadigan, chunki ular test mazmuni va murakkab savollar bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Shu sababli, ular testga puxta tayyorlanib, nisbatan yuqori natijalarga erishgan bo‘lishi mumkin.
Beshinchidan, pedagoglar o‘z noroziligini yozma ravishda apellyatsiya komissiyasiga taqdim etgan bo‘lishiga qaramay. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va salohiyatni baholash ilmiy-amaliy markazi apellyatsiya komissiyasi tomonidan markur shikoyatlar asosli hisoblanadi va daliliy baholanamagan, “asossiz” deb topilib, rad etilgan.
Shu bilan birga, amaldagi nizomdagi murojaat etuvchi pedagog apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkinligi belgilangan bo‘lsa-da, ammo pedagoglarning shikoyat arizalarini ko‘rib chiqish jarayonida ularning ishtiroki ta’minlanmagan.
Vazirlik qanday e’tiroz bildirdi?
Sud jarayonida advokat hamda o‘qituvchining keltirgan e’tirozlari yuzasidan javoblar tomon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili da’vogar tomonga bir nechta savollar berdi va o‘z e’tirozlarini keltirib o‘tdi.
Birinchidan, attestatsiyada tuzilgan test savollari hamda mazkur testlarni tuzgan ekspertlarni o‘qitish test savollarining tarqalib ketishiga hamda ularning yaroqsiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, har bir test uchun ma’lum bir miqdorda mablag‘ sarflangan bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish imkonsiz. Ya’ni, testlarni ochiqlash o‘rniga xarajatlarni keltirib chiqardi.
Ikkinchidan, berilgan test savollarining murakkablik darajasi turlicha bo‘lib, ba’zi bir test savollariga 20-30 soniyada javob topish mumkin, ba’zilariga esa 1 yoki 1,5 daqiqa vaqt ketadi. Umumiy hisobda esa test savollariga javob berish uchun yetarlicha vaqt ajratilgan.
Uchinchidan, test savollari validlik talablariga javob berib, testlar aprobatsiyadan o‘tkazilgan hamda Pedagogik mahorat va salohiyatni baholash ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanib, tegishli xulosalar chiqarilgan va pedagoglar bilimini baholashga yaroqli ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
To‘rtinchidan, test sinovlarining o‘tkazilish jarayonida o‘xshash jiddiy bali ta’sirlari kuzatilgani da’vogar tomonidan aytilgan taxminiy ma’lumot bo‘lib, “X variant” savollari tarqalib ketganligida yetarlicha asoslar mavjud emas.
Beshinchidan, pedagoglar shikoyatiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan javob berilgan. Ammo, murojaatchi pedagoglar apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagan, shu sababli, ushbu shikoyat arizasi uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilgan hamda tugatilish tarzda javob berilgan.
Vazirlik advokatlik so‘roviga javob bermagan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakilining e’tirozlaridan so‘ng, advokat Muhammadamin Karomjonov sudga kiritilgan da’vo arizasidagi ba’zi e’tirozlarni asosli bo‘lishi uchun vazirlik tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilishini o‘qib o‘tdi hamda savollarga bu masalasi bo‘yicha vazirlikka advokatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lishiga qaramay, javoblar tomonidan ushbu so‘rov bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilmaganligini e’tiroz bildirdi.
Shuningdek, advokat so‘roviga asoskerb (hujjatlarni) taqdim qilinmaslik ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini eslatib, bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga nisbatan javobgarlik borligini alohida eslatib o‘tdi.
Sudda bildirilgan boshqa fikrlar
Sudda mustaqil ekspert sifatida ishtirok etgan Komil Jalilov o‘z e’tirozlarini yozma va e’tirozlarini og‘zaki so‘rab, sudga murojaat qildi. Ammo ushbu murojaatni rad etdi, ekspertga so‘z berilmasligini ta’kidladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa Komil Jalilov solis ekspert bo‘lmasligini, shu sababli mazkur sud ishiga da’vogar hamda javobgar tomonga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritdi.
Shuningdek, vazirlik vakili advokat tomonidan taqdim etilishi so‘ralgan kompyuter tizimining barcha jarayonlarini qayd etuvchi “log fayli” haqida ma’lumotga ega emasligini aytib, attestatsiya jarayonlarini texnik jihatdan taftish sotishda UNIFOCON – O‘zbekiston Respublikasidan davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona Integrator bilan hamkorlik aloqalari mavjudligini ta’kidlab, ulardan “log fayllarni” olish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Sud yakunida o‘qituvchi so‘zga chiqib, uning hech kimga dushmanligi yo‘qligi, u shunchaki adolat bo‘lishini istayotganini aytdi. Shuningdek, attestatsiyada tuzilgan test savollari uni yaxshi o‘qituvchi ekanligini, qolaversa, bu testlar uning bilimini to‘liq baholay olmasligini hamda ayrim testlarni u hatto o‘quvchilarga ham ravo ko‘rmasligini aytdi.
Shuningdek, o‘qituvchi apellyatsiya shikoyati berilmasdanligi to‘g‘risidagi vazirlik yuzaki aytgan gaplarga e’tiroz bildirib, o‘sha kuni u tasdiq etilgani kabi, apellyatsiya shikoyati bo‘yicha advokat yozgan so‘rovga kirmagan, ammo komissiya a’zosi uning e’tirozlarini eshitmagan, so‘ngdan chiqib ketganini, buni isbotlash uchun o‘sha kungi kuzatuv kameralarini yozib olingan kadrlari ko‘rish mumkinligini eslatib o‘tdi.
Sud qarori
Sud yakunida javobgar tomon – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarga tuzilgan barcha test savollari hamda ekspert xulosalarini sudga taqdim qildi. Sud ushbu materiallarni mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda batafsil o‘rganib chiqishini ta’kidladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, sud Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli hujjatlarni, test savollarining validlik talablariga javob berishini asoslabli ma’lumotlarni, shuningdek, kompyuter tizimining barcha jarayonlarini qayd etib boruvchi “log faylini” sudga taqdim etilishi haqida qaror qabul qilib, keyingi sud majlisi 2025-yil 21-sentyabrga qoldirilganligini ma’lum qildi.

