Buxoroda 9-sinf o‘quvchi qiz IELTS dan 7,5 natijani qayd etdi

Buxoroda 9-sinf o‘quvchi qiz IELTS dan 7,5 natijani qayd etdi

Buxoro viloyati Jondor tumani 11-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Shukrulloyeva Nilufar IELTS dan  7.5 natijani qayd etdi. O’quvchi 4 ta: reading, speaking, writing va listening sinov bosqichlaridan quyidagicha natija qayd etgan:

 

Reading – 8,5

Speaking – 6,5

Writing – 6,5

Listening – 8,5

 

Muhim! IELTS (International English Language Testing System) – bu ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun dunyo bo‘yicha eng mashhur testlardan biri. Uni ko‘pincha chet elda o‘qish, ishlash yoki immigratsiya qilish uchun topshirishadi.

 

IELTS imtihoni qanday?

 

Tuzilishi 4 qismdan iborat:

Listening – eshitish orqali tushunish (30 daqiqa).

Reading – o‘qib tushunish (60 daqiqa).

Writing – yozma ish (60 daqiqa).

Speaking – suhbat (11–14 daqiqa).

 

Ball tizimi: Har bir qismdan 0 dan 9 gacha ball olinadi va o‘rtacha hisoblab, umumiy Band Score chiqadi (masalan, 6.5, 7.0).

 

Turlari:

 

Academic IELTS – chet el universitetlari, magistratura yoki kasbiy sohalarda ishlash uchun.

 

General Training IELTS – ko‘proq immigratsiya va kundalik ish faoliyati uchun.

 

 

IELTS qanday imkoniyatlar beradi?

 

Ta’lim uchun:

 

AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yevropa davlatlari kabi 140 dan ortiq mamlakatdagi universitetlarga kirish uchun. Ko‘p joylarda minimal 6.0–6.5 talab qilinadi. Shuningdek, joriy yildan chet tili asosiy fan bo’lgan yo’nalishlarga o’qishga topshirish uchun til sertifikati majburiy olish belgilandi. Ya’ni, ingliz tili filologiyasiga o’qishga topshirmoqchji bo’lgan abituriyentda til sertifikati bo’lishi majburiy, yo’qsa, o’qishga topshirolmaydi.