Xabaringiz bor, joriy yilgi o’quv yil uchun 23-avgust kunidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilina boshlagan.
Bugun 29-avgust lekin shunday bo’lsa-da, hali hammaga OTM yotoqxonasiga yuborilgan arizaning javobi to’liq chiqmadi. Nega?
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning so’ziga ko’ra, bu masala bo’yicha mas’ullar bilan gaplashgan. Ta’kidlanishicha, hozirgacha 8 000 dan ortiq talabalarning arizalarini javobi chiqqan, qolganlarniki hozirda ko’rib chiqilmoqda. Tez orada qolgan talabgorlarning ham javobi chiqadi.
Yotoqxona arizalarini ko’rib chiqish tartibi
Hukumatning 2023-yil 14-avgust kuni 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboriladi. Ushbu reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Eslatib o’tamiz, arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
