2024/2025 o’quv uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari 28-avgust kuni kechqurun e’lon qilingan edi.
Bu yilgisi qachon chiqadi?
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning aytishicha, mas’ullar bilan bog’langanida magistratura natijalari bugun yoki ertaga emas balki katta ehtimol bilan 30-avgustga chiqishi kutilmoqda.
Mandatning cho’zilishi turli til sertifikatlarini haqiqiyligini tekshirish sabab ko’p vaqt olgan. Hozirda barcha talabgorlarning sertifikatlari ko’rib chiqilgan. Faqat imtiyozlilar va nogironligi bor shaxslarni arizalarini ko’rib chiqilayotganini bildirgan.
