Chet tilini bilish test sinovlarida 9,3 ming nafardan ortiq talabgor qatnashdi

Chet tilini bilish test sinovlarida 9,3 ming nafardan ortiq talabgor qatnashdi

Xabaringiz bor, 2025-yil 28-avgust kuni chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

 

 

Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

 

 

Unda jami 9,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 39 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatilgan.

 

 

Eslatib o’tamiz, gapirish (speaking) ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2 – 5-sentyabr va 8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

 

 

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 15-sentyabrda e’lon qilinadi.