Jizzax davlat pedagogika universitetiga yangi rektor etib Maqsudjon Yuldashev tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
Uzoq yillar ta’lim tizimida mehnat qilib kelgan Maqsudjon Yuldashev 2012-2016-yillarda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti rektori, 2016-2017-yillarda vazirlikning taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vaziri o‘rinbosari, 2021-2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori kabi turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
